Jamiyat | 11:30
2784
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida ikkita avtomobil yonib ketdi

25 iyun kuni soat 09:34 da  Toshkent shahar Sergeli tumani, Porloq ko‘chasida «Spark» rusumli avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Foto: FVB

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 09:42 da yetib borib, yong‘in soat 09:45 da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida aytilgan manzilda «Spark» avtomobili to‘liq yonib zararlangani hamda «Spark» avtomobili yonida turgan «Kobalt» avtomobilining yon tomoni kuzov qismi yonib zararlangani aniqlandi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid