Jamiyat | 14:47
1245
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus ko‘chasida "Spark" avtomobili yonib ketdi

Mirobod tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: FVB

Joriy yilning 5 avgust kuni soat 12:52 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Nukus ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:59 da yetib borib, yong‘in soat 13:06 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Mavzuga oid