O‘zbekiston | 12:27
1165
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Videodan kadr

Kecha, 7 avgust soat 16:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Qo‘yliq mavzesida joylashgan, ko‘p qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:17 da yetib borib, yong‘in 16:37 da o‘chirildi.

Qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakati natijasida yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid