Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Prokuratura departamenti
Unda, dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.H. fuqaro M.A.ga 10 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 750 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 88 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, davom etgan tadbirda fuqaro fuqaro O.H.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi shaxslar J.N. 55 dona, I.I. 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini jami 20,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Uzun tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Q.E. va boshqalar fuqaro X.B.ga jami 26 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

00:21
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

20:17 / 07.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

12:10 / 05.06.2025