Jamiyat | 10:43
3224
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida bolalarni xavf ostida tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 23 aprel kuni Kosonsoy tumani Jar mahallasi hududida tuman yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida avtomobil salonida bir nafar ayol va 25 nafar bolalar bo‘lgani aniqlangan. Haydovchining ma’lum qilishicha, u bolalarni shu mahallada joylashgan xususiy bog‘chaga olib borayotgan bo‘lgan. 

Ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. 

Mavzuga oid