Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi
Damas haydovchisi chorrahadan chapga qayrilmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan skuter bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida 11-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV YHXX.
Qayd etilishicha, holat 6 iyun kuni soat 01:30 atrofida Bog‘ishamol mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi chorrahadan chapga qayrilmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 17 yoshli yigit boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashgan.
Oqibatda skuter haydovchisi son suyagi sinishi, bosh miya yopiq jarohatlari bilan Termiz shahar tez tibbiy yordam bo‘limida vafot etgan.
YTHdan so‘ng Damas avtomobili tegishli bo‘lgan korxonada tushuntirish ishlari olib borilgan.
Avvalroq Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida yuz bergan YTHda ikkala haydovchi ham vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:23
«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

10:41
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

23:32 / 30.06.2025