O‘zbekiston | 17:58 / 03.06.2025
2297
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Shuningdek, bog‘cha mas’ullari ustidan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnoma kiritildi.

Foto: Videodan kadr

Buxoro viloyatida Damas rusumli transport vositalarida o‘nlab bolalarni tashish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi IIV YHXX axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan ikkita Damas mashinasi to‘xtatilgan. Ular jami 36 nafar — birinchisida 20, ikkinchisida 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan bo‘lgan.

«Ushbu xavfli tashishlar bolalarni bog‘chalardan olib kelishda sodir bo‘lgan va faqatgina yo‘l harakati inspektorlarining o‘z vaqtida aralashuvi tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan fojia oldini olishga erishildi. O‘ta mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar allaqachon javobgarlikka tortildi», — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan haydovchilarga tegishli choralar ko‘rilgan, shuningdek, bog‘cha mas’ullariga chora ko‘rish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnoma kiritilgan.

O‘zbekistonda bolalarni Damas avtomobilida noqonuniy tashish holati muntazam ravishda aniqlanadi. Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Damas mashinasi 32 nafar bola, Qashqadaryoda esa 17 nafar bola olib ketayotgani aniqlangan edi.

Mavzuga oid