Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
O‘zbekistonga xorijdan olib kelingan yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar bir oy ichida 2 barobardan ko‘proqqa tushib ketdi. Bu ketma-ket kiritilgan notarif to‘siqlar ortidan, import keskin qisqargani fonida yuz bermoqda. Bozorni oldinda yana bir zarba kutyapti: 1 maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi keskin oshiriladi.

Foto: Kun.uz
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozorining fevral oyi bo‘yicha tahlilini taqdim etdi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan oyda birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi faollik o‘rtacha pasaygan.
Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi barqaror saqlanib qolgan bo‘lsa, xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.
Elektromobillar segmentida oy yakunlari bo‘yicha faollik pasayganiga qaramay, o‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda o‘sish bor.
Birlamchi bozor
Yengil avtomobillar bozorida sotuvlarning umumiy pasayishi kuzatilmoqda, bu asosan xorijiy avtomobil segmentidagi faollikning pasayishi bilan bog‘liq.
Fevral oyida yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 14,5 foizga kamaydi va 67,2 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi deyarli o‘zgarmadi va 21,7 ming donani tashkil etgan bo‘lsa, yangi xorijiy avtomobillar segmentida sotuvlar 2 barobardan ortiqroqqa kamaydi.
Ikkilamchi bozor
Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozorida ham faollik pasaydi.
Fevral oyida 43,3 ming dona avtomobil oldi-sotdisi qayd etildi. Bu joriy yilning yanvariga nisbatan 16 foizga kam.
Elektromobillar bozori
Yangi yengil elektromobillar segmenti faollikning pasayishini ko‘rsatmoqda. Fevral oyida sotuvlar 2,9 mingta elektromobilni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 11 foizga kam.
Shu bilan birga, yillik nisbatda olganda, ya’ni 2024 yilning fevrali bilan taqqoslaganda, faollik ikki baravardan ko‘proqqa oshgan.
Yengil avtomobil importi qisqarmoqda
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida avtomobillar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 4 baravar – 17 396 tadan 4 369 tagacha qisqargan.
Benzinda yuruvchi avtomobillar importi – 12 233 tadan 2 745 taga (4,5 baravar), elektromobillar 3 489 tadan 1 555 taga (2,3 baravar), gibrid avtomobillarniki 1 674 tadan 69 tagacha (24 baravar) kamaygan.
Import qisqarishi va bozordagi faollikning pasayishi notarif cheklovlar fonida yuz bermoqda.
2024 yil 1 noyabrdan boshlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan o‘tkazish boshlangandi. Avtopoligonning mavjud quvvati real talabdan bir necha barobarga kamligi import hajmining keskin qisqarishiga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, noyabrdan mashinalar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi ham joriy qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 maydan boshlab, elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori keskin oshiriladi. Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln so‘m) miqdorida utilizatsiya yig‘imi undiriladi. Bu – amaldagi yig‘im miqdori (30 BHM, 11 mln 250 ming so‘m)dan 4 barobarga ko‘p.
Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan elektromobillar uchun esa utilizatsiya yig‘imi miqdori BHMning 210 baravari (78,75 mln so‘m) deb belgilanadi. Bu – amaldagi yig‘im miqdori (90 BHM, 33 mln 750 ming so‘m)dan 2,3 barobarga ko‘p.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi
Jahon | 16:03
-
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda
O‘zbekiston | 15:56
-
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 15:27
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
Mavzuga oid

22:54 / 14.04.2025
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor

20:59 / 14.04.2025
Leapmotor avtomobili Piskentdagi sinovda ijobiy natija ko‘rsatdi. Taqiq hali yechilmadi

21:25 / 12.04.2025
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda

21:10 / 12.04.2025