Fan-texnika | 17:15
2684
1 daqiqa o‘qiladi

12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi 

Geely kompaniyasi Xitoy bozori uchun yangilangan Icon krossoverini namoyish qildi. Uning o‘lchamlari Coolray modeli bilan deyarli bir xil. Biroq dizayndagi “to‘rtburchak uslubi” orqali Icon Coolray’dan farq qiladi. Mashina ikki xil komplektatsiyada - 12,6 ming va 13,5 ming dollardan sotiladi.

Foto: autohome.com.cn

Asosiy yangilanishlar mashina salonida bo‘lgan. Uskunalar paneli 8,8 dyuymlik ekran bilan jihozlangan bo‘lsa, markazda multimedia va boshqa vazifalarini bajaradigan 14,6 dyuymlik displey o‘rnatilgan. Dasturiy ta’minotga Flyme Auto javob beradi. U o‘z o‘rnida Huawei HiCar, Carlink va Flyme link interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Har xil opsiyalar mavjud, xususan, o‘rindiqlari isitish imkoniyatiga ega. G‘ildiraklari esa 18 dyuymga teng. Icon 2026 da yashirin eshik tutqichlaridan voz kechilgan va an’anaviy tutqichga qaytilgan. O‘lchamlari esa shunday: uzunligi 4350 mm, eni 1815 mm hamda bo‘yi 1620 mm. G‘ildiraklar bazasi 2640 mmga teng.

Mashina 1,5 litrli hajmga ega benzinli turbodvigatel bilan jihozlangan. U 181 ot kuchini beradi. Dvigatel 7 pog‘onali “robot” uzatma bilan hamkorlikda ishlaydi.

Mavzuga oid