Xitoylik erkak bolalar o‘yinidan Maserati avtomobilini yutib oldi
U o‘yinga 280 dollar sarflagan, mashina qiymati esa 235 ming dollar turadi.

Foto: SCMP composite/Shutterstock/QQ.com
Xitoyning Binchjou shahrida yashovchi erkak 14 fevral kuni tungi bozorda bolalar o‘yinlaridan birini o‘ynab, Maserati avtomobilini yutib oldi. South China Morning Post yozishicha, erkak bu o‘yinga 280 dollar sarflagan.
O‘yin ishtirokchisi halqalarni nishonga bexato irg‘itishi kerak edi. Bosh sovringa taxminan 235 ming dollar qiymatidagi Maserati avtomobili qo‘yilgandi.
Van familiyali erkak tavakkal qilib o‘yinga kirishgan. U uch soat davomida 8 mingga yaqin halqa otgan va natijada avtomobil yutib olgan. Sovrin egasi halqa otishdan so‘ng qo‘llari og‘rib qolganini tan oldi. Shuningdek, u bo‘sh vaqtlarida basketbol o‘ynashni yoqtirishini va “uch ochkolik” to‘plarni mohirona tashlashini ham aytib o‘tdi.

Ammo biroz vaqt o‘tgach, avtomobil Vanning mulkiga o‘tmasligi, balki unga faqat bir yilga ijaraga berilishi ma’lum bo‘ldi. Erkak kiosk egasi bilan yutuqni pulga almashtirish bo‘yicha kelishishga urinmoqda.
Ba’zi internet foydalanuvchilari Vanga avtomobildan pul ishlash yo‘llarini taklif qildi. Ular orasida Maseratini to‘ylarga ijaraga berish varianti ham mavjud.
Mavzuga oid

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

21:50 / 16.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar

16:59 / 16.04.2025
O‘zbekiston rasmiylari Xitoyga borib, Leapmotor zavodida “texnik audit” o‘tkazadi

20:59 / 14.04.2025