Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bu Erkinjon Turdimov kelishi ortidan ikkinchi viloyat hokimi o‘rinbosari o‘zgarishidir.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Abror Abduazimovich Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi v.b. Erkinjon Turdimovning tegishli qarori imzolangan.
Abror Xidirov bu lavozimda 2024 yil aprelidan buyon ishlab kelgan Akmal Mirzayev o‘rnini egalladi.
Bu viloyat rahbarligiga Erkinjon Turdimov kelganidan buyon ikkinchi viloyat hokimi o‘rinbosari o‘zgarishidir.
Fevral oyi boshida Vohid Ibodullayev hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ketgan va uning o‘rniga Alisher Xidirov tayinlangandi.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025