Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi
Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy malaka hay’atining ochiq tanlov shaklidagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bir qancha masalalar qatori ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
- Ochilov Dilmurod Madaminovich – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
- Mamirova Allomaxon O‘rozaliyevna – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
- Qurbonova Zubayda Istamovna – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek:
Boltayev Almos Asatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

23:27 / 12.05.2025
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025