Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Ansabxon Zakirov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlagan Abdurauf Abduqayumov esa O‘zbekiston standartlar instituti direktori sifatida ish boshladi.

Foto: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ansabxon Akaidinovich Zakirov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha Ansabxon Zakirov agentlik huzuridagi "O‘zbekiston akkreditatsiya markazi" davlat muassasasi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
O‘z navbatida, ushbu lavozimda ishlagan Abdurauf Abdurashidovich Abduqayumov O‘zbekiston standartlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025