Qarshi aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in sanoat hududida sodir bo‘lgan va aeroport faoliyatiga ta’sir qilmagan.

Foto: Uzbekistan Airports
Qarshi xalqaro aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi va o‘t o‘chiruvchilar uni bartaraf qilmoqda.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, yong‘in Qarshi aeroporti yaqinida joylashgan «S.Smart» ishlab chiqarish korxonasi hududida sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf qilish uchun tezda yetib kelishgani aytilmoqda.
Sanoat hududidagi yong‘in havo bandargohi faoliyatiga ta’sir qilmagan. Ta’kidlanishicha, Qarshi xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Mavzuga oid

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

08:12 / 14.04.2025