Jahon | 13:59 / 05.06.2025
3413
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

2024 yilning 4 iyun kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Ostona-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. 

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda avtobusda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasman ma’lum qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Ostona-Qarag‘anda-Olmaota yo‘lining 960-uchastkasida avtobusning dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Tez yordam xizmati yetib kelguniga qadar yong‘in haydovchi va yo‘lovchilar tomonidan o‘chirilgan.

Qutqaruv xizmati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular 30 dan ortiq yo‘lovchini zudlik bilan evakuatsiya qilgan va yo‘l bo‘yida joylashgan lagerga olib ketgan, ularning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Avtobusda jami 34 kishi, jumladan, 9 nafar bola bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar orasida 5 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ham bo‘lgan.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Bu qutqaruvchilarning tezkor va aniq harakatlari tufaylidir.

Mavzuga oid