Ko‘chmas mulk | 15:35 / 23.07.2025
2060
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

Iyun oyining yakunlariga ko‘ra, ikkilamchi bozorda kvartiralarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx Olmaotada 1444 dollarni, Ostonada 995 dollarni, Chimkentda 842 dollarni tashkil etgan.

Foto: Zakon.kz/Pavel Mixeyev

Qozog‘iston ikkilamchi bozorida kvartiralar narxi oshishda davom etyapti, deya xabar beryapti Krisha.kz nashri.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida narxlarning o‘rtacha o‘sishi 3,4 foizni tashkil etgan. Xususan, quyidagi hududlarda kvartira narxining eng katta oshishi kuzatilgan:

  • Kostanay va Aqtau – 7,6 foiz;
  • Ust-Kamenogorsk – 5 foiz;
  • Pavlodar – 5,3 foiz;
  • Atyrau – 3,7 foiz.

Mamlakatdagi eng yirik shaharlar: Olmaota, Ostona va Chimkentda narxlarning qimmatlashishi 3 foiz atrofida bo‘lgan.

Krisha.kz tahlillariga ko‘ra, iyun oyining yakuni bo‘yicha Qozog‘istonning yirik hududlarida 1 kv metr uchun o‘rtacha narxlar quyidagicha:

  • Olmaota – 767 528 tenge (1444 dollar);
  • Ostona – 528 750 tenge (995 dollar);
  • Chimkent – 447 793 tenge (842 dollar);
  • Aktau – 405 148 tenge (762 dollar);
  • Karaganda – 385 600 tenge (725 dollar).

Mavzuga oid