Toshkentdagi restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi
Uchtepa tumani Katta Qani ko‘chasida joylashgan restoranlarning birida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan restoranda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qilmoqda.
Bugun, 21 iyun kuni soat 08:08 da Uchtepa tumani Katta Qani ko‘chasida joylashgan restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:16 da yetib borib, yong‘in soat 08:31 da o‘chirilgan.
Yong‘in natidjasida restoran hududining gaz taqsimlash xonasida bo‘lgan gaz taqsimlash uskunasi va 5 kvadrat metr maydonda taxta bo‘laklari yongan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025