Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi
Buxoro viloyati sobiq prokurori Qonunchilik palatasi devoniga rahbarlik qiladi.

Mahmud Shuhratovich Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumot Qonunchilik palatasi veb-saytida paydo bo‘ldi.
Mahmud Istamov 45 yoshda, Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. 2004-2005 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi boshlig‘i, 2005-2006 yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2006-2017 yillarda Prezident Administratsiyasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-2019 yillarda adliya vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019 yil yozida u Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari etib saylangan edi.
Mahmud Istamov 2021 yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024 yil fevral oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.
Mavzuga oid

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

18:25 / 10.04.2025
Qonun kuchga kirganidan 5 yil o‘tgach, samaradorligi baholanishi mumkin

19:36 / 22.02.2025