Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlari kengaymoqda
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Foto: senat.uz
Keyingi yillarda mamlakatda so‘z erkinligi muhiti yaratilgani, xalq manfaatlari va siyosiy irodasi erkin bildirilishi uchun huquqiy asoslar mustahkamlangani, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Ushbu qonun so‘z erkinligini ta’minlash, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda siyosiy partiyalar faoliyatiga oid 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasining yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish kabi qo‘shimcha huquq berilmoqda.
Shuningdek, ushbu fraksiyaning vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi, har chorakda «hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida masala kiritishi ham nazarda tutilmoqda.
Senatorlar ushbu qonunning hayotga tatbiq etilishi qonun ijodkorligi va parlament nazorati samaradorligini oshirishga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlarini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid

16:03 / 16.07.2025
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

17:42 / 01.07.2025