Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi
Uchtepa tumani 30-mavzeda Cobalt avtomobilida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: IIBB YHXB
2024 yilning 14 may kuni soat 22:00 larda Uchtepa tumani 30-mavze 36-uy qarshisida avtomobilda yong‘in kelib chiqdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro N.G‘.ga tegishli Cobalt rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025