Surxondaryoda haydovchi YPX xodimlariga bo‘ysunmay, ularni sudrab ketdi
Haydovchi 16 yoshli o‘smir bo‘lib, unda mashina boshqarish uchun hech qanday hujjat bo‘lmagan.
Surxondaryoda voyaga yetmagan o‘smir YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularni mashinada sudrab ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 26 dekabr kuni Denov tumanida sodir bo‘lgan.
Tumanning Sh.Rashidov ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori hududda o‘rnatilgan 3.27 yo‘l belgisi ta’sir doirasida to‘xtab turgan “Jyentra” mashinasi haydovchisidan hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.
Haydovchi 16 yoshli o‘smir hujjatlari yo‘qligini va otasi kelib taqdim etishini ma’lum qilib, mashinani o‘t oldirib ketishga urinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda YPX xodimlari uning yo‘lini to‘sganda haydovchi ularni sudrab ketganini ko‘rish mumkin.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida mashina to‘xtatilib, haydovchi tuman Denov tumani IIBga olib borib topshirilgan.
Hodisa natijasida hech kimga tan jarohati kuzatilmagan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

09:32 / 15.03.2025