Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi
Ekologiya vazirligi 2024 yilda Surxondaryo viloyatidagi ov qonunchilikda belgilangan tartibda, tegishli to‘lov evaziga ruxsatnoma asosida amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
Rossiyalik ovchi Konstantin Samsonov Surxondaryo viloyati hududida noyob morxo‘rni (tog‘ echkisini) ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Avvalroq Konstantin Samsonov va uning jamoasi O‘zbekistonda uyushtirilgan ov videosini e’lon qilgan va bu ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaraga sabab bo‘lgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu video 1 yil oldin suratga olingan va ovchi Qizil kitobga kiritilgan 2 bosh morxo‘r hamda 1 bosh bo‘rini ovlagan.
Ekologiya vazirligi 2024 yilda Surxondaryo viloyatidagi ov qonunchilikda belgilangan tartibda, tegishli to‘lov evaziga ruxsatnoma asosida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar soni Fanlar akademiyasi mutaxassislari tomonidan doimiy hisoblab boriladi va ularning xulosasiga asosan populyatsiyaga ta’sir qilmaydigan miqdorda ovlash uchun ruxsat beriladi. Buning uchun belgilangan tartibda to‘lov undiriladi.
Ta’kidlanishicha, 2024 yilda morxo‘rlarni ovlash uchun rossiyalik ovchiga o‘rnatilgan tartibda ruxsat berilgan va 100 ming AQSh dollari miqdorida to‘lov undirilgan. Bu mablag‘lar tabiatni muhofaza qilish, xususan, brakonerlikka qarshi samarali kurash olib borishga yo‘naltirilgan.
Ekologiya vazirligining tushuntirishicha, «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, har yili yovvoyi hayvonlarni tutish uchun kvota belgilanadi. Bunda yovvoyi hayvonlarning yoshi kattasi, nasl qoldirish davridan o‘tgan erkagini ovlashga ruxsat beriladi va jarayon qat’iy nazorat ostida amalga oshiriladi.
Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ham aynan shunday tartib joriy qilingan. Xususan, Namibiyada o‘lja ovi yiliga 3 mln dollardan ko‘p foyda keltiradi. Bundan tashqari, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Tojikistonda 10–16 bosh morxo‘r, 100–115 bosh arxar, Mo‘g‘ulistonda esa 90–100 bosh arxar, 50–60 boshgacha xongul ovlashga ruxsatnoma berilmoqda.
Mavzuga oid

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025