Navoiy viloyati sudiga yangi rais tayinlandi
Prezident farmoyishi bilan sud tizimida tayinlovlar amalga oshirildi.

Foto: pexels.com/Towfiqu barbhuiya
Navoiy viloyati sudiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Abdullo Sadulloyevich Allayev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek:
Yalgashev Giyosiddin Tulkinovich sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Ilyosjon Yaqubjonovich Usmonov sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq, yozma arizalariga asosan Xamidulla Nasimovich Kudratov Navoiy viloyat sudining raisi lavozimidan, Abdumannon Murotovich Shaydoyev Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod qilingan.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

23:27 / 12.05.2025
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi

13:30 / 07.05.2025