Qozog‘iston Rossiya uchun Boyqo‘ng‘ir ijara narxini oshirmaslikka qaror qildi
Rossiya uchun Boyqo‘ng‘irdan foydalanish ijara haqi avvalgidek qoladi, deya ma’lum qildi Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Axborot xavfsizligi qo‘mitasi raisi.

Foto: gov.kz
Qozog‘iston Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan foydalanganlik uchun Rossiyadan oladigan ijara haqini indeksatsiya qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Aerokosmik qo‘mitasining Axborot xavfsizligi qo‘mitasi raisi Ruslan Abdikalikov ma’lum qildi.
Abdikalikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun Boyqo‘ng‘irdan foydalanish ijara haqi avvalgidek qoladi.
«Birinchidan, uni biror narsa bilan solishtirish juda qiyin. Bir davlat boshqasidan kosmodromni ijaraga olganida, bu noyob pretsedent hisoblanadi. Narx qanchalik adolatli ekanligini aytish uchun uni solishtirishga hech narsa yo‘q. Ikkinchidan, shartnomada narx dollarda ko‘rsatilgan, shuning uchun to‘lovlar milliy valutada amalga oshirilsa, u holda joriy kursga teng bo‘ladi. Bu ham o‘ziga xos indeksatsiyadir», — deya Abdikalikovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Zakon.kz.
Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Aerokosmik qo‘mitasi vakilining ta’kidlashicha, kelishuv 1994 yilda, dollar kursi butunlay boshqacha bo‘lgan paytda tuzilgan. Hozirda gap boshqa pul miqdori haqida ketyapti va bu ma’lum darajada indeksatsiya zaruratini qoplaydi. Shuning uchun, deya xulosa qildi Ruslan Abdikalikov, Qozog‘iston Boyqo‘ng‘ir uchun ijara miqdorini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi «Bayterek» kosmik raketa majmuasining parvoz sinovlari boshlanishi 2025 yilga ko‘chirilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

14:03 / 06.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi

00:15 / 06.06.2025
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

13:59 / 05.06.2025