Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Toshkent shahar YHXB
18 iyun kuni soat 12:20 atrofida Toshkent shahrining Bektemir tumanida 5 ta avtotransport vositasi o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra:
- 1995 yilda tug‘ilgan Sh.R. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt;
- 1990 yilda tug‘ilgan Z.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti;
- 1995 yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvida bo‘lgan Spark;
- 1991 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2;
- 1953 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
️Holat yuzasidan shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

08:20 / 17.04.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025