Jamiyat | 19:36 / 08.07.2025
2720
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

YTH voyaga yetmagan bola yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Shayxontohur tumanida piyoda ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 8 iyul kuni soat 13:30 larda Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida haydovchi F.X. Tico rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tayotgan 2022 yilda tug‘ilgan piyoda A.Sh.ni urib yuborgan.

Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid