Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo sovg‘a qildi

Foto: Saudiya Arabistoni elchixonasi
Saudiya Arabistoni podshohligi tomonidan O‘zbekistonga xurmo mahsulotlarining navbatdagi partiyasi sovg‘a sifatida taqdim etildi. Bu haqda podshohlikning Toshkent shahridagi elchixonasi Kun.uz’ga xabar berdi.
«6 iyun kuni Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Yusuf al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi vakillari bilan hamkorlikda Ikki muqaddas masjid xodimi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sovg‘asini – 25 tonna xurmoni O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, O‘zbekiston musulmonlar idorasiga, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etdi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025