ISW: Rossiya Kremlga dronlar hujumini sahnalashtirgan bo‘lishi mumkin
Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari fikricha, Rossiya tomoni jamiyatni kengroq safarbar qilish uchun sharoit yaratish maqsadida Kremlga uchuvchisiz uchoqlar hujumini sahnalashtirgan bo‘lishi mumkin.

Videodan kadr
ISW hisobotida qayd etilishicha, uchuvchisiz uchoqlar Moskvada o‘rnatilgan havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir necha qatlamini yengib o‘ta olishi dargumon edi.
Kreml uzra dronlar portlashining nisbatan yaxshi tasvirlari ham shubhalarni kuchaytiradi.
"Kremlning voqeaga zudlik bilan, izchil va muvofiqlashtirilgan munosabati hujumning ichki tomondan shunday uyushtirilganligidan dalolat beradiki, bunda uning ehtimoliy siyosiy oqibatlari sharmandalikdan ko‘ra ko‘proq", deya ta’kidladi ISW.
Shu tariqa, Kreml Ukrainadagi urushni Rossiya uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ekzistensial tahdid sifatida ko‘rsatish uchun axborot kampaniyasini kuchaytirish niyatida, deya xulosa qiladi tahlilchilar.
Mavzuga oid

16:03 / 17.04.2025
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti

12:26 / 16.04.2025
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi

20:00 / 13.04.2025
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi

09:30 / 08.04.2025