Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng xaridorgir avtomobillar o‘ntaligi tuzildi
2022 yilda jahonda eng ko‘p miqdorda Toyota Corolla modeli sotilgan. Ushbu krossoverdan 1,12 mln dona xarid qilingan. Reytingning ikkinchi va uchinchi pog‘onalardan Toyota RAV4 va Ford F-Series joy olgan.

Toyota Corolla / Foto: Toyota
Focus2Move 162ta mamlakatdagi ma’lumotlarini jamlagan holda o‘tgan yilda dunyo miqyosida eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingini e’lon qildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yilda jahonda eng ko‘p miqdorda Toyota Corolla modeli sotilgan. Ushbu krossoverdan 1,12 mln dona xarid qilingan. Toyota Corolla savdolarida 2021 yilga nisbatan kichik pasayish (2,8 foiz) kuzatilgan bo‘lsa-da, dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan avtomobil maqomini saqlab qolgan.
Ikkinchi o‘rinni Toyota RAV4 krossoveri egallagan. O‘tgan bir yil davomida 868 ming 398 dona ushbu modeldagi avtomashina xarid qilingan. Qayd etilishicha, bu 2021 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 13,7 foizga kam.
Kuchli uchlikni Ford F-Series yakunlagan. Bu modeldan 786 ming 337 dona sotilgan va savdosi bir yil oldingiga nisbatan 8,8 foizga kamaygan.
4- va 5-o‘rinlarni Tesla Model Y (sotuv – 759 ming 579 dona, o‘sish – 88,7 foiz) va Toyota Camry (sotuv – 667 ming 968 dona, kamayish – 2,6 foiz) modellari egallagan.
Reytingning dastlabki o‘ntaligi quyidagicha:
1.Toyota Corolla – 1,12 mln dona;
2.Toyota RAV4 – 868 ming 398 dona;
3.Ford F-Series – 786 ming 337 dona;
4.Tesla Model Y – 759 ming 579 dona;
5.Toyota Camry – 667 ming 968 dona;
6.Chevrolet Silverado – 591 594 dona;
7.Honda CR-V – 591 ming 293 dona;
8.Toyota Hilux – 566 ming 838 dona;
9.Hyundai Tucson – 549 ming 918 dona;
10.Ram Pick-up – 545 ming 420 dona.
Mavzuga oid

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

17:15 / 10.07.2025
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi

12:45 / 08.07.2025