Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida joylashgan do‘kon yonib ketdi
Yong‘in oqibatida fuqarolar tan jarohat olishi va halok bo‘lishi holatlari yo‘q.

Videodan kadr
Bugun, 18 avgust kuni soat 01:57 da Toshkent shahar Yashnobod tumani «Vatandosh» MFY, Tuzel 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uy 1-qavatida atir-upa savdo do‘koni 35 kvadrat metr va unga tutash bo‘lgan 2 ta MChJ 15 kvadrat metr maydonida ofis uchun mo‘ljallangan xona jihozlari yonib zararlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Ekipajlar hodisa joyiga soat 01:59 da yetib borgan va yong‘in soat 02:10 da o‘chirilgan.
Qutqaruvchilar harakatlari natijasida savdo do‘koni 60 kvadrat metr maydoni, MChJlar 90 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida fuqarolar tan jarohat olishi va halok bo‘lishi holatlari yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

11:29 / 09.08.2025
Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

10:42 / 06.08.2025
Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

14:47 / 05.08.2025