O‘zbekiston | 08:55 / 16.08.2022
3522
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston olmasi asosan Qozog‘istonga eksport qilinayotgani ma’lum bo‘ldi
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 6,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,9 ming tonna olma eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olma eksporti 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yil 7 oyida O‘zbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston – 11,6 ming tonna;
- Rossiya – 3,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,2 ming tonna;
- Turkmaniston – 128 tonna;
2022 yil 7 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 5,1 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 4,3 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna.
Mavzuga oid

19:14
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi

17:19 / 11.04.2025