Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Damas mashinasi yonib ketdi

Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Payariq tumanida Damas mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 3 fevral kuni soat 11:10 lar atrofida 4R-49 avtomobil yo‘lining Payariq tumani hududidan o‘tuvchi 9-kilometrida Damas mashinasining quvvat beruvchi moslamasida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan. Ungacha esa Damas butunlay yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:29 / 09.08.2025
Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

10:42 / 06.08.2025
Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

14:47 / 05.08.2025