Qozog‘istonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari qo‘lga olindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov qo‘lga olindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat jinoyat kodeksi 175-moddasi 1-bandi (davlatga xiyonat) ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshlagan. Ish doirasida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov va yana boshqa shaxslar qo‘lga olingan.
«Tergov olib borilayotgani sabab boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rasmiy saytida. Masimov 6 yanvar kuni o‘z lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini sobiq Davlat qo‘riqlash xizmati rahbari Yermek Sagimbayev egallagandi. Masimovning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Nursulton Nazarboyevning jiyani bo‘lmish Samat Abish ham ishdan olingan.
1965 yilda tug‘ilgan general-leytenant Karim Masimov 2016 yil 8 sentyabrdan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasini boshqarib kelayotgandi. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lgan Masimov 2007-2012 hamda 2014-2016 yillarda Qozog‘iston bosh vaziri, 2012-2014 yillarda Qozog‘iston prezident administratsiyasi rahbari bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid

01:52
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi

12:53 / 02.05.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi

22:20 / 01.05.2025