Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Foto: Navoiy ekologiya boshqarmasi
Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq ochiq tabiatga qo‘yib yuborilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning sentabr oyida Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazida yetishtirilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq viloyatning Tomdi, Uchquduq va Konimex tumanlari cho‘l hududlarida yovvoyi tabiatga uchirilgan.
Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Roshid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008 yilda tashkil etilgan.

Oldinroq Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum lochinlar bilan tuvaloq ovlash uchun Navoiyga kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025