Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston 15 oktyabrdan sayyohlarga kelishga ruxsat berdi
Hindiston ichki ishlar vazirligi 15 oktyabrdan mamlakatga charter reyslar bilan keluvchi xorijliklarga sayyohlik vizalari berishni boshlaydi. Shu bilan birga vazirlikda ta'kidlanishicha, Hindistonga charter reyslar bilan kelmaydiganlarga vizalar bir oy keyinroq - 15 noyabrdan beriladi.

Foto: globestravel
Mamlakatga keluvchilar, ularni yetkazuvchi kompaniyalar Hindistonda koronavirusga qarshi amal qiluvchi barcha me'yorlar va bayonnomalarga rioya qilishlari lozim.
Hindiston hukumati pandemiya sababli 2020 yil martdan barcha turistik vizalar berilishini bekor qilgandi. Ayni vaqtda xorijliklar mamlakatga amaliy, tibbiy yoki boshqa viza bilan kelishlari mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 50 mlnga yaqin odam turistik sohada faoliyat yuritgan. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi yalpi ichki mahsulotning 10 foizini tashkil qilgan. Jumladan, Goa shtati Hindistonning xorijliklar eng ko‘p tashrif buyuruvchi joylaridan biri bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, Hindistonga keluvchi sayyohlar xorijiy pasportga va tashrifdan oldin 72 soat ichida olingan manfiy PZR-testga ega bo‘lishlari kerak. Bu koronavirusga qarshi emlanganlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi chegaralar ochilgandan keyin birinchi 500 mingta turistik viza bepul berilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025