Sirdaryoda 52 yoshli ayol o‘zaro janjal oqibatida vafot etdi

Illyustrativ foto
2019 yil 30 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi kasalxonadan tushgan xabarga ko‘ra, “Istiqlol” MFYda yashagan 52 yoshli E.K. ismli ayol uyidan qorin qismida jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 27 avgust kuni soat 21:00larda E.K. uyida birga yashovchi tanishi, 40 yoshli H.X. bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida H.X. E.K.ga pichoq bilan jarohat yetkazganligi, E.K. olgan jarohatlari bilan shu kunga qadar hech qayerga murojaat qilmaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, H.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

10:10 / 05.03.2025