Sibirdagi yong‘inlarni o‘chirish uchun sun'iy yomg‘ir chaqirishmoqchi

Foto: FBU "Avialesooxrana"/TASS
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi va Irkutsk viloyatida avj olayotgan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash uchun sun'iy yomg‘ir chaqirilmoqchi. Bu haqda Rossiyaning “Avialesooxrana” federal xizmatida ma'lum qilindi.
1 avgust holatiga ko‘ra, Rossiyaning Sibir qismida umumiy maydoni 2,9 mln gektardan ko‘proq bo‘lgan o‘rmonda 470 ta yong‘in o‘chog‘i qayd qilingan. Yong‘in xavfi mavjudligi munosabati bilan Irkutsk viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Buryatiyaning ikki tumani va Yoqutistonning bir tumanida favqulodda vaziyat tartibi amal qilmoqda.
Yomg‘ir bulutlarga yodli kumushga ega maxsus piropatronlar uzish yordamida chaqirtiriladi.
31 iyulda Rossiya mudofaa vazirligi prezident Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra, yong‘inlarga qarshi kurashish uchun 10 ta Il-76 samolyoti va 10 ta Mi-8 vertolyotidan iborat aviatsiya guruhini tashkil etdi.
Bu orada Sibirdagi yong‘inlardan tarqalayotgan tutun AQShning Alyaska shtati va Kanadaning g‘arbiy sohillarigacha yetib borgan.
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:12 / 14.04.2025