Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda an'anaviy “Gul bayrami” boshlandi (foto)
Namanganda an'anaviy “Gul bayrami” boshlandi. 27 may - 1 iyun kunlari o‘tadigan bu yilgi tantanalarga viloyatda qizg‘in xozirlik ko‘rilgan. Xususan, Namangan shahar hokimligi bergan ma'lumotga ko‘ra, asosiy bayram tadbirlari o‘tkaziladigan “Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli madaniyat va istirohat bog‘ining o‘ziga 1 milliondan ziyod gul ko‘chatlari o‘tqazilgan.
5 kun davom etadigan bayram davomida turli ko‘ngilochar dasturlar, tashkilot, korxona va muassasalar gulchi bog‘bonlarining ko‘rgazmalari, dizaynerlarning gullardan yasagan kompozitsiyalari, ssenariylashtirilgan adabiy tadbirlar va hunarmandlarning betakror san'at asarlari namoyishi aholiga bayram kayfiyatini ulashadi.
Bayram tadbirlari jarayonida ko‘rik tanlovlar g‘oliblari aniqlanadi va “Eng orasta mahalla”, “Eng orasta ko‘cha”, “Eng orasta tashkilot”, “Eng orasta uy-joy mulkdorlar shirkati”, “Eng orasta xonadon”, “Eng orasta rahbar ko‘chasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.
Temurmalik Vohidov
Mavzuga oid

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025