Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatida pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Olimpiada g‘oliblariga matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga kvotadan tashqari davlat granti asosida kirish huquqi beriladi.
Yil yakunigacha hududlarga yana 500 dan ortiq mashina yetkazilishi rejalashtirilgan.
2023 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda yanvar-sentabr oylarida YTHlar oqibatida 5 nafar voyaga yetmagan bola vafot etgan, shuningdek 45 nafari jarohatlangan. Umumiy jabrlanganlarning 39 nafari maktab o‘quvchilari hisoblanadi.
Bagisbay Temirbayev tayinlovga qadar “Ayqulash” qoraqalpoq milliy folklor ansambli direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sabir Xojametov Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.
Qoraqalpog‘istonda Temur Panayev asos solgan korxonada 50 ga yaqin sut mahsulotlari va 20 dan ortiq xildagi pishloqlar ishlab chiqariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanidagi metan zapravkalardan biri 3,85 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalangan. Yetkazilgan zarar miqdori 3,8 mlrd so‘mdan ortiqqa baholangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida joylashgan 70 yillik tarixga ega 120dan ortiq xodim ishlaydigan kasalxona ixtisosligi yo‘q deb yopib yuborilyapti. “O‘ztemiryo‘l” bino SSV balansiga o‘tkazilishi, xodimlar ish bilan ta’minlanishini aytmoqda, biroq ishchilar bunga ishonmayapti.