Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Yana ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Qoraqalpog‘iston respublikasida bir oilaning besh nafar a’zosi is gazidan vafot etgan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Chimboy tumani, “Keңyes” OFYda yashovchi fuqarolar qo‘shni uyda xonadon egasi M.B. va yana 6 nafar oila a’zolari hushsiz holatda yotganini ko‘rgan va tez yordam chaqirgan.
Shifokorlar tomonidan tekshirib ko‘rilganda xonadon sohibi 1957 yilda tug‘ilgan M.B., 1961 yilda tug‘ilgan Z.M., 1986 yilda tug‘ilgan S.B., 2008 yilda tug‘ilgan A.A. va 2011 yilda tug‘ilgan M.A. vafot etgani aniqlangan.
Shuningdek, 1995 yilda tug‘ilgan T.O. va 2000 yilda tug‘ilgan A.B. og‘ir ahvolda hushsiz ekani aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida qozonxona uyning ichida yonib turgani va ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Chimboy tuman prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Avvalroq, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ikkita oilada to‘rt nafardan odam is gazi tufayli halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:45 / 03.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

08:04 / 11.06.2025