07:30 / 08.05.2024
1159

O‘zbekiston va Vengriya TIV o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston va Vengriya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Foto: TIV

Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik, qator sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirish yo‘llari muhokama qilingan. 

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi hamda vazirliklar o‘rtasida 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Top