Vengriya Xalqaro jinoiy suddan chiqishini e’lon qildi
Vengriya rasmiylarining XJS tarkibidan chiqishi haqidagi bayonoti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tashrifi fonida yangradi. Avvalroq, XJS uni hibsga olish haqida xalqaro order bergan edi.

Foto: AP
Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasidan chiqish jarayonini boshladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri devoni rahbari Gergey Guyyash ma’lum qildi.
«Payshanba kuni hukumat konstitutsiyaviy va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Xalqaro jinoiy suddan chiqish bo‘yicha ish boshlaydi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Vengriya rasmiylarining XJS tarkibidan chiqishi haqidagi bayonoti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tashrifi fonida yangradi. Avvalroq, XJS uni hibsga olish haqida xalqaro order bergan edi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban XJS Isroil bosh vazirini hibsga olishga order berish haqidagi qarorining ertasiga Netanyahuni mamlakatga taklif qilgan. Shu bilan birga, Orban Netanyahu hibsga olinmasligiga va’da berdi va XJS qarorini «qo‘pol, beadab va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atadi.
Vengriya 1999 yilda Rim statutini, XJS tashkil etish haqidagi xalqaro shartnomani imzoladi va ikki yildan so‘ng uni ratifikatsiya qildi.
Vengriyaning XJS tarkibidan chiqish jarayoni bir yil davom etadi.
2023 yil mart oyida Vengriya hukumati agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, XJS orderiga ko‘ra hibsga olinmasligini aytgan. Guyyash Vengriyada buning uchun hech qanday qonuniy asos yo‘qligini ta’kidlagan edi, garchi mamlakat Rim statutini imzolagan va ratifikatsiya qilgan bo‘lsa-da.
Mavzuga oid

13:03 / 16.04.2025
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

13:52 / 15.04.2025
Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi

15:22 / 14.04.2025
Orbanning raqibi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi

11:13 / 11.04.2025