Jahon | 10:18
979
2 daqiqa o‘qiladi

YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi

Yevropa Komissiyasi yana bir bor The New York Times gazetasiga Yevropa Ittifoqi tomonidan Pfizer koronavirusga qarshi vaksinalarini xarid qilish bo‘yicha yozishmalarni «yo‘q qilingan yoki yo‘qolgan» deb baholab, berishdan bosh tortdi.

Foto: Fabian Sommer/dpa/picture alliance

Yevropa Ittifoqi rasmiylari The New York Times (NYT) nashriga Yevropa Komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen va Pfizer Amerika farmatsevtika kompaniyasi direktori Albert Burlaning 2021 yil yanvaridan 2022 yil 11 maygacha bo‘lgan davrda koronavirusga qarshi vaksina xarid qilish bo‘yicha yozishmalarini taqdim etishdan yana bir bor bosh tortdi. YeK bu yozishmalar saqlanib qolmaganini da’vo qilmoqda.

«Yevropa Ittifoqi 2021 yil boshida Pfizer'ning 1,8 milliard dozagacha koronavirus vaksinasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan, kelishuv qanday amalga oshirilganiga katta qiziqish uyg‘ondi», deb tushuntiradi gazeta Yevropa Komissiyasiga so‘rovi sababini. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, fon der Lyayyen shartnoma bo‘yicha muzokaralar chog‘ida farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori bilan messenjer ilovasida matnli xabarlar almashgan.

«Komissiyaning javobi xabarlarni yo‘q qilgani yoki yo‘qotganligini, ularni ahamiyatsiz deb hisoblagani va ularni saqlash majburiyati yo‘qligini nazarda tutgan», deb yozadi The New York Times o‘zining yangi materialida. U bu matnli xabarlar haqiqatan ham borligini va «2021 yilning yozida» o‘qilganligini tasdiqladi. 

Yevropa Komissiyasi Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan Yevropa Ittifoqiga COVID-19 vaksinalarini yetkazib berish bo‘yicha yozishmalariga oid sud ishida yutqazdi. 14 may kuni Yevropa Ittifoqi sudi The New York Times gazetasining Bryusselning Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va Pfizer rahbariyati o‘rtasidagi tegishli SMS xabarlarni nashr etishdan bosh tortganiga e’tiroz bildirgan da’vosini qanoatlantirdi.

Mavzuga oid