Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda
Tavsiyalar qatorida 60 yoshdan oshgan odamlarni, shuningdek, «tibbiy nuqtai nazardan» zaif bo‘lganlarni qayta emlash, boshqa odamlar bilan uchrashuv va aloqalarni minimallashtirish, sayohatlarni cheklash kabilar bor.

Foto: AP
Osiyoning ba’zi mamlakatlari hukumati aholini COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payishi sababli yana niqob taqishga chaqirdi. Xususan, Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi va Yuqumli kasalliklar agentligi shunday chaqiriq bilan murojaat qildi.
«Boshqa endemik respirator kasalliklarda bo‘lgani kabi, COVID-19 davriy to‘lqinlari yil davomida bo‘lishi kutilmoqda», deyiladi departament xabarida.
Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligining boshqa tavsiyalari qatorida 60 yoshdan oshgan odamlarni, shuningdek, «tibbiy nuqtai nazardan» zaif bo‘lganlarni qayta emlash, boshqa odamlar bilan uchrashuv va aloqalarni minimallashtirish, sayohatlarni cheklash kabilar bor. Aprel oyi oxirida Singapurda 14200 ta infeksiya holati aniqlangan.
Xitoyda ham COVID-19 bilan kasallanish to‘lqini kuzatildi, aprel oyida qariyb 169 mingta tasdiqlangan holat, shu jumladan 340 ta og‘ir holat bo‘lgan. 9 kishi vafot etgan. Xitoy hukumati ham xavotirda va yangi pandemiyaning oldini olish uchun fuqarolardan uzoq masofalarga sayohat qilganda niqob taqishni so‘ramoqda.
Tailand yanvardan may oyining o‘rtalariga qadar 187 mingdan ortiq COVID-19 holati va COVID-19 bilan bog‘liq 46 ta o‘lim holatlari haqida xabar berdi. 18 maydan 24 maygacha yana 53 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
Tailand hukumati barcha kerakli dori-darmonlar arzon bo‘lishini ta’minlash uchun yuz niqoblari, antigen test to‘plamlari va bint dezinfeksiyalash vositalarining taqsimlanishini nazorat qilmoqda.
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

17:31 / 16.04.2025