Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi
Rossiya FSB tizimida tergov hibsxonalarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qonun Davlat dumasi tomonidan yakuniy o‘qishda qabul qilindi. Huquq himoyachilarining aytishicha, bu maxsus xizmatlarga gumonlanuvchilardan iqrornomalarni tezroq olish imkonini beradi.

Foto: Maksim Stulov / Vedomosti
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tizimida tergov hibsxonalari (SIZO)ni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi federal qonunni yakuniy o‘qishda qabul qildi. Bu haqda 8 iyul, seshanba kuni Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Vasiliy Piskarev Telegramʼda ma’lum qildi.
Qonunga ko‘ra, «davlat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar»da ayblanganlar FSB yurisdiksiyasidagi tergov hibsxonalarida saqlanadi.
Piskarevning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa tergov qilinayotgan «ayg‘oqchilar va terrorchilar» boshqa ayblanuvchilar bilan muloqot qilishdan, shuningdek, «xorijiy razvedka idoralari va terrorchi tashkilotlar»ning ular bilan aloqa o‘rnatishga urinishlaridan «himoya qilinadi».
Rossiyada 10 yil ichida — 2015 yildan 2024 yilgacha — davlatga xiyonat, josuslik, terrorizm va ekstremizmga oid moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar soni uch barobarga oshdi. Bunday ishlar bo‘yicha hibsda saqlanayotgan gumonlanuvchilar va sudlanuvchilar soni to‘rt barobarga ko‘paydi, dedi Piskarev.
FSBga yettita tergov hibsxonasi qaytarilishi kutilmoqda: Moskvada ikkita va Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Krasnodar, Vladikavkaz va Chelyabinskda bittadan.
Mavzuga oid

11:55
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi

10:36
Rossiyada politsiyaga ushlanganlarni urushga jo‘natgani uchun pul to‘lanyapti

09:29
Rossiya Lvivga hujum qildi, Polsha qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

21:05 / 11.07.2025