Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q
AQSh shu hafta boshida Putinga yaqin shaxslar bilan Ukrainadagi kelishuv masalasida suhbatlashdi, dedi Rubio. «Biz hech qanday o‘zgarishni ko‘rmadik», deya qo‘shimcha qildi u.

Foto: AP
AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin shaxslar bilan shu hafta boshida – 28 yoki 29 iyulda Ukrainadagi kelishuv masalasi bo‘yicha suhbat o‘tkazdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox Radio'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. AQSh Davlat departamenti 31 iyul, payshanba kuni suhbatdan parchalarni taqdim etdi.
Rubioning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi bu sa’y-harakatlarni «tinchlik sari yetaklovchi yo‘lni qandaydir tushunishga erishish umidida» qilgan. «Ammo biz bu masala bo‘yicha hech qanday o‘zgarishni ko‘rmadik», deb qo‘shimcha qildi AQSh Davlat departamenti rahbari. Oq uy rahbari «olti oydan ko‘proq vaqt davomida» natijalarni kutdi, dedi davlat kotibi.
«Prezidentni eng xavotirga solayotgani shuki, uning ajoyib telefon qo‘ng‘iroqlarida hamma: «Ha, biz bundan chiqish yo‘lini topishimiz uchun buning tugashini xohlaymiz» deydi, keyin u yangiliklarni yoqadi va yana bir shahar, jumladan, oldingi front chizig‘idan uzoqda joylashgan shaharlar zarbaga uchraganini ko‘radi», dedi Rubio.
«Shunday ekan, qaysidir nuqtada u (Tramp) agar tomonlardan biri bundan manfaatdor bo‘lmasa, o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha harakatlarni davom ettirish mantiqiymi yoki yo‘qligi haqida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi», — deya ogohlantirdi Rubio.
Mavzuga oid

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

19:02 / 01.08.2025