Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan. Uning ortidan kelayotgan Yutong esa yengil mashina bilan to‘qnashgan.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 19 iyun kuni soat 05:40 larda Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 116-kilometrida Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan.
Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Yutong rusumli transport vositasi esa Lacetti rusumli avtomobilga borib to‘qnashgan.
YTH oqibatida Lacetti rusumli avtomobilda yo‘lovchi sifatida harakatlanib kelayotgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohatlar olib tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:23
«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

10:41
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

11:26 / 24.06.2025