O‘zbekiston | 14:43
3054
2 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlari hajmi ma’lum qilindi

Ayni vaqtda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan dalalarda somon poyalari va boshqa organik qoldiqlarni noqonuniy tarzda yoqib yuborish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilmoqda. 

Uzcosmos agentligining davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida olib borilgan kuzatishlar natijasida iyun oyining bugungi kuniga qadar respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta mana shunday salbiy holat bo‘yicha 5350 gektar maydon noqonuniy tarzda yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.   

Kosmik tahlillar hudular kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:

  • Toshkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar;
  • Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar;
  • Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar;
  • Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar;
  • Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar;
  • Farg‘ona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar;
  • Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar;
  • Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar;
  • Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar.  

Mazkur vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.

Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tez va arzon yo‘l bilan yo‘q qilib yuborishga bo‘lgan harakat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda hattoki jinoiy javobgarlikkacha olib borishi mumkin.

Mavzuga oid