Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi
Kaliforniyada antimigratsion reydlarga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Mahalliy hukumat Vashingtonni vaziyatni keskinlashtirganlikda ayblamoqda.

Foto: Frederic J. Brown/AFP
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan Los-Anjyelesga Milliy gvardiya «qo‘shinlarini noqonuniy joylashtirish» haqidagi qarorini bekor qilishni rasman talab etdi. Kaliforniyalik siyosatchi ushbu xabarni 8 iyun, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirdi.
«Tramp aralashmaguncha muammoga duch kelmadik. Bu davlat suverenitetini jiddiy buzish — keskinlikni kuchaytirib, resurslarni haqiqatan ham zarur bo‘lgan joydan chiqarib yuborish», deb yozgan Nyusom postida va unga Pentagon rahbari Pit Hegsetga murojaati suratini ilova qilgan.
Nyusom postda ta’kidlaganidek, agar vaziyat davlat hokimiyatiga tahdid soladigan xorijiy bosqin yoki qo‘zg‘olonlarga taalluqli bo‘lmasa, u mintaqa rahbari sifatida federal yordam so‘rash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Vashington nazorati ostida Los-Anjyelesga Milliy gvardiya qo‘shinlarining kiritilishi «vaziyatni jiddiy ravishda kuchaytirish» bilan tahdid soladi – bu qaror bekor qilinib, mintaqaviy bo‘linmalar mahalliy hokimiyat nazoratiga qaytishi kerak, dedi siyosatchi.
Nyusom yana bir postida AQSh prezidentining Kaliforniyadagi namoyishlar haqidagi bayonotlarini qoraladi. «Zo‘ravonlikni qo‘zg‘atish, ommaviy tartibsizliklar yaratish, shaharlarni harbiylashtirish, muxoliflarni hibsga olish — bu prezidentning emas, diktatorning harakatlari», — deb yozadi u.
Mavzuga oid

15:59 / 08.06.2025
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda

13:27 / 08.06.2025
Los-Anjyelesda migratsiya xizmati reydlari tufayli norozilik namoyishlari avj oldi

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

23:33 / 06.06.2025