O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Qurbon hayiti munosabati bilan jo‘natilgan insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Termiz shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan yuborilgan ushbu insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
«Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi. O‘shanda insonparvarlik yordami tarkibidan un, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan edi. Aprel oyida esa Afg‘oniston O‘zbekistonga Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezashda ishlatish uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmarini yuborgan edi.
Mavzuga oid

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi

23:39 / 03.07.2025
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi

18:33 / 03.07.2025